Qoraqalpoq dala ekspeditsiyasida amalga oshirilayotgan dala ishlar holati o'rganildi

  • - 26 сентября 2025 14:49:00
  • В Республике

Joriy yilning 19-22-sentyabr kunlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional geologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi Qoraqalpoq dala ekspeditsiyasida 2025-yilda olib borilayotgan dala va kameral ishlarining holati o‘rganildi.

Xususan, o'rganishlar davomida Qoraqalpoq dala ekspeditsiyasining Sultonuvays tog‘larida joylashgan Darbazatau, G‘arbiy Sheyxjeyli, Qipchoq maydonlarida izlash bosqichida olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlari bilan yaqindan tanishib, geologik izlash marshrutlaridan olingan laboratoriya tahlil natijalari asosida o‘tilayotgan yer usti va yer osti lahmlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kelgusida bajariladigan ishlar bo‘yicha yo‘nalishlar ko‘rsatilib, tavsiyalar berildi